Poytaxtimiz yana bir yirik xalqaro forumga mezbonlik qiladi

18:22 12 Fevral 2020 Iqtisodiyot
169 0

Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.

 

Shu yilning 19-20-fevral kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” majmuasida “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Fotum” (UAALF-2020)birinchi xalqaro aviatsiya forumi boʻlib oʻtadi.

Kecha shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. Abduhakimov, Transport vaziri E. Gʻaniyev, “Uzbekistan Airports” AJ raisi R. Ismoilov ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda aytilishicha, ilk marotaba oʻtkazilayotgan mazkur forum yurtimiz transport tizimi, xususan, aviatsiya transportini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, forumga dunyoning koʻplab davlatlaridan 60 dan ziyod eksponent, 300 delegat hamda 1200 nafardan ortiq mutaxassislar, xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari kelishi kutilmoqda.

Forumga, shuningdek, “Boing”, “Jetcaft”, “Air Charter Service”, “Bombardier Business Jets”, “Aeroflot” kabi jahonning 130 ga yaqin xalqaro tashkilotlari ham jalb qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?