Poytaxtimiz koʻchalarida turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatish ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi

09:40 04 Iyul 2020 Welcome to uzbekistan
203 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi turizm tomosha obyektlariga olib boruvchi yoʻllar boʻyida belgilangan standartlar asosida 2 xil tildagi (oʻzbek va ingliz tillarida) turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilishining 2-bosqichi yakunlandi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda amalga oshirildi. 

Yuqoridagi loyiha doirasida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, Gʻofur Gʻulom uy-muzeyi, Respublika qoʻgʻirchoq teatri, Sergey Yesenin uy-muzeyi, Sergey Borodin uy-muzeyi, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqiy teatri, Abdulla Qahhor uy-muzeyi, Yunus Rajabiy uy-muzeyi, Oʻzbekiston davlat Tabiat muzeyiga olib boruvchi yoʻllar boʻyida ikkinchi bosqich natijasiga koʻra jami 82 ta turistik yoʻl belgilari oʻrnatildi.

Shu kunga qadar umumiy soniga koʻra 210 ta turistik yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?