Toshkentda yangi yoʻl belgilari o‘rnatilmoqda

14:42 27 Sentyabr 2018 Jamiyat
790 0

Svetoforning qizil chirogʻiga, barcha yoʻl harakati ishtirokchilarini oʻtkazib yuborgan holda oʻngga burilish huquqini beruvchi yoʻl belgisi oʻrnatish boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi 377-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” asosida belgilar quyidagi chorrahalarda oʻrnatiladi:

1) Furqat – Islom Karimov chorrahasi

2) Afrosiyob – Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasi

3) Farobiy – THAY koʻchalari chorrahasi

4) Sharof Rashidov – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasi

5) Sharof Rashidov – Navoiy koʻchalari chorrahasi

6) Navoiy – Amir Temur koʻchalari chorrahasi

7) Osiyo – Amir Temur koʻchalari chorrahasi

8) Osiyo – Oqqoʻrgʻon koʻchalari chorrahasi

9) Mirzo-Ulugʻbek – Parkent koʻchalari chorrahasi

10) Islom Karimov – Amir Temur koʻchalari chorrahasi

11) Qatortol – Muqimiy koʻchalari chorrahasi

12) Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasi

13) Chilonzor – KHAY koʻchalari chorrahasi

14) Uygʻur – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasi

15) Talabalar – Qamarniso koʻchalari chorrahasi

16) Beruniy – Saqichmon koʻchalari chorrahasi

17) KHAY – Kichik Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasi

18) KHAY – Qatortol koʻchalari chorrahasi

19) KHAY – Sharof Rashidov koʻchalari chorrahasi

20) KHAY – Beruniy koʻchalari chorrahasi

21) Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasi

22) Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari chorrahasi

Ushbu yoʻl belgisi chorrahalarda transport oʻtkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, harakat ishtirokchilariga (piyodalarni ham) yoʻl bergan holda svetoforning qizil chirogʻiga ham faqatgina oʻnga burilish mumkin. Lekin, harakat davomida boshqa harakat ishtirokchilariga xavf tugʻdirilmasligi shart. Bu yoʻl belgisi oʻrnatilgan chorrahalardagi video-kameralar tomonidan svetoforning qizil chirogʻiga boshqa harakat ishtirokchilariga yoʻl bergan holda oʻngga burilish qoidabuzarlik sifatida qayd etilmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?