Poytaxtda “Spark” bilan toʻqnashgan “Matiz” yonib ketdi

19:38 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
198 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 17-sentyabr kuni soat taxminan 18:30 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, Botanika bogʻi qarshisida “Spark” va “Matiz” rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlib, “Matiz” avtomashinasida yongʻin yuzaga kelgan.

Natijada, “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi va yoʻlovchisi hamda “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga joʻnatilgan.

“Matiz” rusumli avtomobilda yuzaga kelgan yongʻin bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?