Poytaxtda maktab oʻquvchilari uchun avtobuslar tekin boʻladi

21:31 27 Fevral 2020 Jamiyat
3857 0

Foto: inform.kz

Qozogʻiston poytaxtida balogʻat yoshiga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi avtobus yoʻnalishlarida bepul yurishi mumkin. Bu haqda “CTS” MCHJ rahbari Bekmirza Igenberdinov maʼlum qildi.

“28-martdan eʼtiboran balogʻat yoshiga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi jamoat transportida bepul yurishadi. Shunday qarorga keldik”, — dedi kompaniya boshqaruv raisi Bekmirza Igenberdinov.

Uning aytishicha, ayni paytda shahar jamoat transportida har kuni 130 ming oʻquvchi maktabga boradi.

“Tashuvchi korxonalar uchun bu imtiyoz oʻrtacha hisobga bir oyda 30 million zarar keltirishi mumkin. Ustiga-ustak, ularga buning uchun subsidiya ajratilmaydi. Hokimiyat bilan birgalikda zararning oʻrnini qoplash yoʻllarini koʻrib chiqamiz”, — dedi kompaniya rahbari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?