Poytaxtda “GAI” xodimi xizmat qurolidan oʻq uzdi

14:37 08 Avgust 2019 Jamiyat
199 0

Toshkentda yoʻl-patrul xizmati xodimi xizmat qurolidan pastga qarab oʻq uzdi. Ushbu holat avtomobillardan birining videoregistratori tomonidan tasvirga olindi:

).

Ushbu voqea 7-avgust kuni yuz bergani taxmin qilinyapti. Yaʼni kecha soat 12:15da Mirzo Ulugʻbek koʻchasida qarama-qarshi harakat yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil Toshkent shahar YPX inspektorlarining nazariga tushgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, YPX inspektorining toʻxtash haqidagi ishorasiga haydovchi boʻysunmagan. Hozirda qoidabuzar avtomobilining davlat raqami aniqlanib, qoidabuzar haydovchini qoʻlga olish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

IIBB YPX xodimining oʻq uzishi bilan bogʻliq hodisaga hozircha hech qanday rasmiy izoh bermagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?