Poytaxt byudjetiga 11,1 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻ jalb etildi

14:38 06 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
173 0
Arxiv surati.

“Xalq soʻzi online”. Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyatini boshlagan, ammo tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan shaxslarga ham amaliy ham huquqiy koʻmak berilmoqda. Xususan, oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlarini qayta tiklash va yangi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hisobiga joriy yilning 7 oyi davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 3791 nafarga koʻpaydi. Ularda yollanma ishchi sifatida ishlayotgan 2091 nafar fuqaroning faoliyati qonuniylashtirildi. Natijada byudjetga 11,1 mlrd. soʻm qoʻshimcha manbalar jalb etilishi taʼminlandi.

Bu davlat soliq xizmati organlarining tadbirkorlarga koʻmaklashayotgani, mamlakatimizda tadbirkorlikka oid mavjud tartib-qoidalardan ularni boxabar etgan holda soliq idoralari soliq toʻlovchilarning haqiqiy biznes-hamkori va maslahatchisi sifatida oʻz faoliyatlarini yangi bosqichda amalga oshirayotgani natijasidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?