“Poytaxt bank” oʻz faoliyatini boshladi

15:21 10 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
303 0

Toshkent shahrida yangi “Poytaxt bank” oʻz faoliyatini boshladi, deb xabar berdi poytaxt shahar hokimligi matbuot xizmati.

Bank poytaxtda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashtirilgan. Endilikda bu yerda 130 ga yaqin xodimlar mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

Bank toʻliq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankning afzalliklaridan biri, interaktiv xizmatlarning yoʻlga qoʻyilganligi. Unga koʻra, mijoz hatto bankka kelmagan taqdirda ham hisob raqami ochilishi va boshqa xizmatlarni masofadan turib amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi bankomatlar haftaning har kuni 24 soat davomida faoliyat olib boradi hamda bank tariflari boʻyicha ham mijozlarga koʻplab qulayliklar mavjud.

Yangi bank Toshkentda koʻp qavatli uylarni qurish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni koʻzda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirib, investitsion faoliyatni olib boradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019