Poyabzal ishlab chiqarish hajmi 4,5 baravar oshdi

17:53 13 Mart 2018 Iqtisodiyot
581 0
Foro: uzcharm.uz

Bugun mamlakatimizda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Ayniqsa, charm xom ashyosini tayyor mahsulot holida eksportga yo’naltirish, importni qisqartirish eng muhim masalalardan biridir. 

Xo’sh, bu borada “O’zbekcharmpoyabzali” uyushmasi va uning tasarrufidagi korxonalar tomonidan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotir? 

Ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yilda 703,1 milliard so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2010 yilda poyabzal ishlab chiqarish hajmi 3160 juftni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yili esa bu ko’rsatkich 4,5 baravarga oshdi, ya’ni 13894 juftga etkazilgan.

O’tgan yili 20 ga yaqin chet davlatlarga charm mahsulotlar eksport qilingan. Shu yilda eksport geografiyasini yanada kengaytirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, joriy yilda bir qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Sun’iy mex, sun’iy qoplamali charm ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. 

Uyushma mutaxassislari tahlillariga ko’ra, bugungi kunda 95 foiz erkaklar o’zimizda ishlab chiqarilayotgan poyabzallarni kiymoqda. Ayollarimizni sifatli poyabzallar bilan ta’minlash darajasi past. Buning sababi shuki, zamonaviy oyoq kiyimlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan texnologiyalar etishmaydi. Endilikda tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyatlar, imtiyozlar berilayotir. Bu muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.

Shu bois kelgusida ayollarga mo’ljallangan sifatli va zamonaviy poyabzallar ishlab chiqarish maqsadida turkiyalik investorlar bilan birgalikda uchta korxona ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
 
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?