Poyezd avtomobil bilan toʻqnashib ketdi. Qurbonlar bor

12:08 21 Sentyabr 2018 Dunyo
476 0
Foto: Reuters

Niderlandiyada mudhish yoʻl transporti hodisasi yuz berdi. Bu yerda poyezd elektr avtomobil bilan toʻqnashib ketishi oqibatida toʻrt nafar bola hayotdan koʻz yumgan.

Manbaga qaraganda, fojia Oss shahrida yuz bergan. Elektr avtomobil bolalar markazlaridan biriga tegishli boʻlgan. Aniqlik kiritilishicha, poyezd yoʻlga yaqinlashib kelayotgan vaqtda avtomobilning toʻxtatish tizimi ishlamay qolgan. Fojia yuz bergan vaqtda mashinada besh nafar bola boʻlgan. Avtomobilni markaz xodimasi boshqarib ketayotgan edi.

Fojia bolalar boshlangʻich maktabga olib ketilayotgan paytda sodir boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?