Pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazorati qanday ta’minlanadi?

16:52 26 Iyul 2018 Jamiyat
289 0
Illyustrativ foto

Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan davlat bojxona xizmati organlarini jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida majburiy ravishda xabardor etish tartibi joriy etildi.

Shu munosabat bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga bir oy muddatda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron tarzda xabar berish tizimini joriy etish vazifasi yuklandi.

Bundan tashqari, qaror bilan pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar to‘g‘risida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali yuridik shaxslar nomiga kelayotgan qiymati 100 (yuz) AQSH dollariga teng bo‘lgan tovarlardan bojxona to‘lovlari undirilmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?