Pnevmoniyada xantalni qoʻllasa, samara beradimii?

16:21 20 Oktyabr 2020 Jamiyat
320 0

Pnevmoniyada banka va xantal (gorchichnik)ni qoʻllasa boʻladimi? Samarasi bormi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi. 

"Aslida pnevmoniyada banka va xantal (gorchichnik)ni qoʻllash tavsiya etiladi. Biroq bugungi kunda koronavirus infeksiyasi keltirib chiqarayotgan pnevmoniya, yaʼni, zotiljam kasalligida bunga hojat yoʻq.

Banka va xantal bakteriyali va zamburugʻlar chaqirgan pnevmoniyalarda, oʻpka hamda bronxlarda katta miqdorda balgʻamlar paydo boʻlganda, uni parchalash hamda tashqariga chiqarishda yordam berish uchun fizioteraptik muolaja sifatida tavsiya etilgan. Qolaversa, u faqatgina kasallikni tuzalish jarayonida qoʻllaniladi.

Biroq bugungi koronavirus kasalligida yoʻtallar asosan quruq va balgʻamsiz yoʻtal kuzatilyapti. Koronavirus infeksiyasida hech qanday banka va xantallar va hattoki ingalyatsiyalar ham tavsiya etilmaydi. Imkon qadar bunday terapiyalardan saqlangan maʼqul. Bunday muolajalar quruq yoʻtalni yana-da kuchaytirib yuborishi mumkin", deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?