Pnevmoniya belgilarini qanday bilish mumkin?

15:42 25 Iyul 2020 Jamiyat
6631 0

OʻRVI belgilari boʻlmagan bemorlar bilan qanday aloqada boʻlish kerak. Ularda pnevmoniya belgilarini qanday bilish mumkin? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi shtab aʼzosi Habibulla Oqilov javob berdi.

«Covid-19 da turli simptomlar boʻlishini hisobga olgan holda umumiy holatga: keskin holsizlik mavjudligi, koʻngil aynishi, ruhiy holat buzilishi, haddan tashqari uyquchanlik, shuningdek, nafas yetishmasligi va tezlashishiga eʼtibor qaratish muhim.

Muntazam ravishda tana harorati, puls va qon bosimini oʻlchash zarur.

Holatingiz haqida shifokor bilan doim maslahatlashib turing. Salomatligingiz yomonlashganda tez yordamga qoʻngʻiroq qiling», deydi Oqilov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?