Pnevmatik toʻpponchadan oʻq otishda Barchinoyga teng keladigani topilmadi

15:35 25 Iyun 2019 Jamiyat
160 0

Mudofaa vazirligiga qarashli “Tong” yozgi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida “Sogʻlom avlod – Vatanimiz kelajagi” shiori ostida 8 yoʻnalish boʻyicha sportakiada oʻtkazildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Mudofaa vazirligi sport klubi vakili mayor Vladimir Kalyujnыyning taʼkidlashicha, bolakaylar futbol, voleybol, darts, armrestling, badmenton, arqon tortish, stol tennisi va pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish musobaqalarida kuch sinashgan.

Spartakiadaning ochilish marosimida Chirchiq oliy tank qoʻmondanlik-muhandislik bilim yurti kursantlarining koʻrgazmali chiqishlari tadbir ishtirokchilariga aʼlo kayfiyat baxsh etdi.

Gʻolib va sovrindorlar tantanali ravishda kubok, medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Jumladan, pnevmatik toʻpponchadan oʻq otishda Barchinoy Najmiddinovaga teng keladigani topilmadi, Abdumalik Abduvahobov armrestling yoʻnalishida faolligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan boʻlsa, Zokirshox Abdumavlonov stol tennisi boʻyicha 3-oʻrin sohibi boʻldi.

Spartakiada xaqiqiy bayramga aylanib, bolakaylarga katta zavq-shavq bagʻishladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?