Pxenyan Shimoliy va Janubiy Koreya temir yoʻllarini birlashtirmoqchi

17:29 11 Sentyabr 2018 Dunyo
274 0
Illyustrativ foto

Bu haqda KXDR temir yoʻllar vaziri oʻrinbosari Kim Yun Xyok Rossiyada bugun oʻz ishini boshlagan “Sharqiy iqtisodiy forum – 2018” yalpi majlisida eʼlon qildi, deb yozadi RIA Novosti.

U Shimoliy va Janubiy Koreya temir yoʻllarini birlashtirish juda muhim loyiha ekanligi, uni amalga oshirish uchun bor imkoniyat ishga solinishi lozimligini taʼkidlab oʻtgan.

“Oʻtmishda boʻlgani kabi biz Transkoreya va Transibir magistrallarini tenglik hamda oʻzaro manfaatdorlik asosida birlashtirish yoʻlidagi muammolarga amaliy yechim topish uchun faol saʼy-harakatlarni safarbar etamiz”, - dedi u.

Vazir oʻrinbosari RF, KXDR va Janubiy Koreya bu boradagi ishlarni dolzarbligi hamda xalqaro manfaatlar nuqtai nazardan birgalikda koʻrib chiqish tashabbusini bildirdi.

U mazkur reja Shimoliy va Janubiy Koreya rahbarlari oʻrtasida shu yil 27 aprel kuni Pxanmundjom chegara hududida boʻlib oʻtgan sammitda imzolangan tarixiy qoʻshma deklaratsiyada ham belgilab qoʻyilganini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Sharqiy iqtisodiy forum bu yil toʻrtinchi bor tashkil etildi. 12 sentyabr kuni yakunlanadigan ushbu tadbir Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universiteti oromgohida boʻlib oʻtayapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?