Piyoz narxi keskin qimmatlashdi

18:10 24 Oktyabr 2018 Dunyo
2950 0

Piyoz Ukraina va Yevropa mamlakatlari bozorida haqiqiy trend boʻlib qolyapti. Xususan, Polshada ushbu mahsulot narxi oʻn yillik rekordni yangilab, qimmatlashishda davom etmoqda. Bu haqida FreshMarket sayti Ukraina meva-sabzavot uyushmasi tahlilchilari maʼlumotiga asoslanib xabar berdi.

Ekspertlarning qayd etishicha, birgina oktyabr oyining boshida Polsha bozorida piyoz narxi oʻrtacha 1,5 barobar oshgan. Boz ustiga, polyak ishlab chiqaruvchilari talab ortishi munosabati bilan bu koʻrsatkichlarni oʻzgartirishiga toʻgʻri kelmoqda. Masalan, hafta boshidan buyon ushbu sabzavot narxi qiymati 8 foiz qimmatlashgan. Oqibatda bugungi kunda Polshada bir kilogramm piyoz 1,2-1,4 zlotiy(0,32-0,37 yevro)dan taklif qilinmoqda. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻrtacha 2,6 barobar qimmatdir.

Bozor ishtirokchilarining koʻpchiligi Polshada piyozga nisbatan talab yuqori boʻlgani uchun uning narxi yana oshishiga ishonchi komil. Boz ustiga, mazkur mahsulotni nafaqat mahalliy ulgurji kompaniyalar, balki noqulay ob-havo tufayli piyoz hosili kamayib ketgan YEIning boshqa davlatlari importchilari ham sotib olayotir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?