Rossiya qariyb 60 tonna meva-sabzavotni o‘z hududiga kiritmadi

13:04 14 Iyul 2018 Dunyo
721 0
Foto: knews.kg

Qozog‘iston va Qirg‘izistondan Rossiyaga eksport qilingan 61 tonna mahsulot xavfli deb topildi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur xizmatning Orenburg viloyati boshqarmasi RF FXXning shu hudud bo‘yicha xodimlaridan olgan ma’lumotlari asosida Rossiya-Qozog‘iston chegarasida Qozog‘iston va Qirg‘izistondan olib kirilayotgan qariyb 61 tonna karantin jihatdan xavfli bo‘lgan mahsulotlarning olib kirilishining oldini olishgan.

Xususan, 10 iyul kuni Orsk shahridagi Orsk o‘tkazish punktida Qozog‘istonda yetishtirilgan, fitosanitar sertifikatiga ega bo‘lmagan 20 tonna piyozni olib ketayotgan mashina ushlangan.

11 iyul kuni esa Pervomaysk tumanidagi Mashtakovo o‘tkazish punkti yo‘nalishidagi avtoyo‘lda Qirg‘izistondan kelayotgan ikkita avtomobil to‘xtatilgan. Ularda asli kelib chiqishi Tojikiston bo‘lgan 39,3 tonna piyoz olib ketilayotgani aniqlangan. Sabzavotlarning fitosanitar sertifikati tekshirilganda u tashish hujjatlariga mos kelmasligi ayon bo‘lgan.

Mahsulotlar egalariga qaytarib yuborilgan. Qolaversa, Qozog‘istondan Samara viloyatiga 1,6 tonna sabzavot va mevalar(kartoshka, piyoz, ananas) olib ketayotgan transport vositasi to‘xtatilib, tekshirilganda uning egasida buning uchun tegishli birorta hujjat yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qoidalar qo‘pol ravishda buzilgani uchun meva-sabzavotlar yo‘q qilingan. Mazkur ma’muriy qonunbuzarlik bo‘yicha ish ham qo‘zg‘atilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?