Piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

11:22 21 Avgust 2019 Jamiyat
108 0

2019-yil 18-avgust kuni soat 15:05larda nomaʼlum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidan oʻtuvchi “Toshkent-Termiz” yoʻlida haydab ketayotib, Kitob tumanida yashovchi piyoda 34 yoshli U.M. ismli ayolni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Natijada U.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan nomaʼlum haydovchini aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy boʻlimlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?