Misrda eng qadimiy pivo zavodi qoldiqlari topildi

14:14 06 Iyul 2018 Dunyo
388 0
Foto: KP.UA

Arxeologlar Nil daryosi deltasida qadimgi pivo zavodi qoldiqlarini aniqlashdi.

Mutaxassislarning aytishicha, mazkur topilma bu borada dunyodagi eng qadimiysi bo‘lishi mumkin. Mazkur obyektning tarixi besh ming yillik borib taqalishi taxmin qilinmoqda.

Luxor Times’ning yozishicha, tadqiqotlar paytida nafaqat sohaga tegishli buyumlar, balki miloddan avvalgi 3200-3000 yillarda, Qadimgi Misr davrigacha yashagan odamlar va itlarning mo‘miyolangan jasadlari ham topildi. Xususan, ular orasida eng qadimgi hayvon zotlaridan biri va bugungi kunda juda noyob bo‘lgan arab tozilari ham bor edi.

Foto: KP.UA

Olimlar pivoni eng qadimgi ichimliklardan biri, deb hisoblashadi. Uni to‘rt ming yillar ilgari nafaqat Qadimgi Misr, balki Xitoyda ham tayyorlashni bilishgan.

Arxeologlarning aytishicha, pivo zavodi qoldiqlari uchragan hudud Qadimgi Misrda alohida rol o‘ynagan. Sababi Nilning boshqa joylaridan bu kabi inshoot topilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?