Piskentda ikki oyda 270 mln so‘mlik qarzdorlik undirildi. Salkam 900 mln so‘mlik mol-mulk xatlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 17 aprel kuni o‘tkazgan yig‘ilishida soha mutasaddilari oldiga iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, debitor-kreditor hamda byudjetdan qarzdorliklarni qisqartish yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan soliq qarzlarni sud hujjatlari asosida qisqartirish bo‘yicha Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi viloyati hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar tashkil etmoqda. Bu tadbirlarga ommaviy axborot vositalari xodimlarini jalb etilayotganligi ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Piskent tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari va tuman majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tumandagi “Abbos plyus Abdulaziz” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 10,2 million so‘m va “Malohat Barno” korxonasining 2,5 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
Ayrim fermer xo‘jaliklari esa to‘lov qobiliyatiga ega emaslar. Masalan, faoliyati bog‘bonchilikdan iborat bo‘lgan “Axrorov Abbosxon” fermer xo‘jaligining 16,4 million so‘m, yer maydoni 8,6 gektardan iborat bo‘lgan “Bobomurodov Suhrob” fermer xo‘jaligining 14,3 million so‘m soliq va majburiy to‘lovlardan qarzdorliklari bor. Mazkur fermer xo‘jaliklarning hisobidagi mol-mulki qarzdorlikni qoplash uchun yetarli bo‘lmaganligi uchun qarzdorlikni xo‘jalik rahbarining boshqa mulklardan undirish to‘g‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Tumanda joriy yilning iyun va iyul oylarida 24 ta yuridik shaxsning 236,0 million so‘m hamda 54 ta jismoniy shaxslarning 32 millon so‘m qarzdorliklari undirildi. 12 ta yuridik shaxsning 860 million so‘mlik hamda 2 ta jismoniy shaxsning 14 million so‘mlik mol-mulki xatlandi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Rahmatilla Sheraliyev, “Xalq so‘zi” muxbiri
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: