Pillakorlar uchun 12 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ tarqatildi

22:28 22 May 2020 Iqtisodiyot
126 0

Soʻnggi yillarda respublikamizda pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini kengaytirish, shuningdek, pillachilik tarmogʻi korxonalarining eksport va investitsiya faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pilla xomashyosi yetishtirish hajmini oshirish, uni qayta ishlash hisobiga eksportbop ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, shuningdek, respublikamizning chekka hududlaridagi aholi, ayniqsa ayollar bandligini taʼminlash imkonini berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-sonli qarori ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Samarqandlik pillakorlar mavsum davomida 49 ming 350 quti ipak qurtidan 2 ming 714 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi yetishtirish maqsadida astoydil mehnat qilishmoqda. Ayni kunlarda viloyatdagi 50 ming 51 ta oilaviy pudratchilar tomonidan 39 ming 215 quti xorijiy, 10 ming 135 quti mahalliy ipak qurti karantin tartiblariga qatʼiy rioya etilgan holda parvarishlanmoqda. Hozirga qadar, oilaviy pudratchilar bilan ichki mehnat shartnomalari tuzilgan.

Bugungi kunda tarqatilgan ipak qurtining 2 ming 297 qutisi 1 yoshda, 2 ming 644 qutisi 2 yoshda, 3 ming 119 qutisi 3 yosh, 12 ming 29 qutisi 4 yoshda, 24 ming 916 qutisi 5 yoshda va 4345 qutisi pilla oʻrash davrida.

Mavsum davomida har bir quti ipak qurti uchun oilaviy pudratchilar hamda kasanachilarga inkubatoriyadan ipak qurti bilan birgalikda 250 ming soʻmdan naqd pul (avans) mablagʻlari hisoblanib jami 12 milliard 614 million soʻm mablagʻ tarqatildi.

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi tegishli qarori ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida viloyatda 7 ta klaster korxonalari tashkil etilgan boʻlib, pilla yetishtirish xom ashyodan tayyor mahsulotgacha tartibi asosida yuritilmoqda, — deydi Samarqand hududiy “Agropilla” MCHJ raisi Yodgor Joʻrayev. — Xususan, “Singapur Samarqand XK” MCHJ tomonidan viloyatning Ishtixon, Qoʻshrabod va Payariq tumanlarida 10 ming 733 quti, “Elbek TRJ” MCHJ tomonidan Pastdargʻom, Samarqand va Jomboy tumanlarida 10 ming 449 quti fermer xoʻjaliklari hamda kasanachilar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan tarqatilgan ipak qurtining asosiy qismi pilla oʻrash arafasida.

Shuningdek, pilla yetishtirish mavsumida qatnashayotgan 50 ming 51 ta oilaviy pudratchilar uchun mehnat shartnomasi asosida pilla yetishtirish kambagʻallikning oldini olish, kam taʼminlangan oilalarni muhofaza qilish bilan birgalikda qishloq ayollarining bandligini taʼminlaydi. Pilla parvarishida ishlayotganlarga 250 ming soʻmdan boʻnak puli tarqatildi. Bundan tashqari pillakorlarga un, yogʻ, shakar singari oʻnlab turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?