Pichoqbozlik qilgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi

17:35 22 May 2018 Jamiyat
534 0
Фото: dream-cosmetics.com.ua

20 may kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishcha, Qo‘qon shahar A.Navoiy ko‘chasida yashovchi 2-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi L.J. Yangihayot qishlog‘i hududida o‘zaro janjal oqibatida Qo‘qon shahrida yashovchi 29-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi J.O.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Jarohat natijasida J.O. kasalxonaga yotqizilgan. L.J. esa qo‘lga olingan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?