Pichoq va boshqa sovuq qurollar olib yurish holatlari nega koʻpaymoqda?

16:23 22 Fevral 2020 Jamiyat
346 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura yigʻilishida N.Yoʻldoshev oʻz maʼruzasida voyaga yetmaganlar oʻrtasida pichoq va boshqa sovuq qurollar olib yurish holatlari koʻpayganligini tanqid ostiga oldi.

Birgina 2019-yilda taʼlim muassasalarida 210 nafar oʻquvchilar sovuq qurol olib yurganligi aniqlangan.

Misol uchun, Yunusobod tumanidagi maktab oʻquvchisi Yu. otasiga tegishli pnevmatik avtomatni 1.188 dona metall oʻqlari bilan maktabga olib kelgan.

Oʻtgan yilda yoshlar tomonidan pichoqdan qurol sifatida foydalanib, 346 ta jinoyat sodir etilgan. Bular asosan, qotillik, tan jarohati yetkazish, bosqinchilik va bezorilik jinoyatlaridir.

Ularning aksariyati Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan.

Rahim Sherqulov, “Xalq soʻzi onlayn”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?