Jizzakh Petroleum Amerikaning Honeywell UOP texnologiyasidan foydalanib yangi neftni qayta ishlash zavodini quradi

11:34 01 Avgust 2018 Iqtisodiyot
331 0
Foto: Honeywell UOP

Jizzakh Petroleum kompaniyasi benzin, dizel va reaktiv yoqilg‘i ishlab chiqarish maqsadida yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlaydigan yangi neftni qayta ishlash zavodini qurish uchun Amerikaning Honeywell korporatsiyasi texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma’lum qilingan.

Honeywell litsenziyalash va tayanch muhandislik loyihalashtiruvi xizmatlarini taqdim etadi. Qurilish yakunlangach, zavod yiliga Euro V sifatidagi 3,7 million tonna motor yoqilg‘isini, 700 ming tonna aviatsiya yoqilg‘isini va 500 ming tonna suyultirilgan neft gazi va bitum kabi boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya xabarida qayd qilinishicha, Honeywell UOP CCR Platforming Unicracking texnologiyasi neft xom ashyosini chuqur tozalashni ta’minlaydi, bu esa atmosferaga chiqariladigan ajratmalarning qat’iy me’yoriga javob beruvchi yoqilg‘ini ishlab chiqarish imkonini beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?