Peshku tumanida 16 ta oila yarashtirildi

14:53 11 Fevral 2019 Jamiyat
125 0

Oila muqaddas dargoh, maʼnaviy qadriyatlarimiz asosiga qurilgani uchun ushbu qoʻrgʻonga darz ketmasin.

Shundan ham Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment toʻlovlarini undirish va targʻibot-profilaktika tadbirlari orqali oilalarni yarashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Byuroning Peshku tuman boʻlimi xodimlari tomonidan ana shunday tadbirlar natijasida 16 ta oila yarashtirildi.

Bunday targʻibot ishlari Byuroning Buxoro shahar va Romitan, Kogon, Olot, Qorakoʻl, Qorovulbozor tumanlarida ham oʻtkazilmoqda.

Oʻz navbatida, oilasining tiklanishiga hissa qoʻshgan MIB xodimlariga ham tashakkurnomalar bildirilmoqda.

Shuningdek, qarzdorlarning aliment toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamayotganligi sabablari tahlil etilib, qarzdorlikni bartaraf etish choralari ham koʻrilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?