Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori tayinlandi

16:54 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
103 0

Hukumat qarori bilan Bahrom Bahodirovich Ashrafxanov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya taʼminotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini taʼminlash Jamgʻarmaning asosiy vazifalaridan biridir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?