Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda murojaat qilish imkoni yaratildi

08:48 24 Sentyabr 2020 Jamiyat
444 0

Bugungi kunga Pensiya jamgʻarmasi roʻyxatida turuvchi 3 777 631 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud boʻlib, mamlakat aholisining 11% davlat pensiya taʼminoti bilan taʼminlangan. 

Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiyalogik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida karantin talablaridan kelib chiqqan holda, hozirda fuqarolar Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari, tuman va shahar boʻlimlariga tashrifidan koʻra, telefon orqali yoki elektron shaklda murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir.

Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, shu kunga qadar fuqarolardan elektron murojaatlar jamgʻarmaning elektron pochtasi- pension_uz@pfca.mf.uz orqali qabul qilinib kelinayotgan boʻlsa, endilikda murojaat qilishning yana-da qulay imkoni yaratildi. Yaʼni Jamgʻarmaning “telegram” kanali- t.me/PensionFundRUz ga aʼzo boʻlib, kanalning muhokama (Obsudit yoki Discuss) qismiga oʻtilib, guruh orqali savollarini yoʻllashlari mumkin. Har bir savolga mutaxassislar tomonidan oʻz vaqtida, ish kunlari davomida javoblar berilishi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan nazorat qilib boriladi.

Fuqarolar esa, savollarni yoʻllashda F.I.O, doimiy yashash manzil, aloqa uchun telefon raqami, murojaatning qisqacha mazmuni yozilishi lozim.

Shuningdek, fuqarolarning yashash manzillari boʻyicha ham hududiy kanallar joriy qilingan boʻlib, ularga kelib tushayotgan savollarga ham mutaxassislar tomonidan javoblar berilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?