Penaltini eng aniq amalga oshiradigan futbolchi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham emas

19:12 01 May 2020 Sport
622 0

Illyustrativ surat

Ispaniyaning “Marca” nashri mashhur futbolchilarning penaltini aniq bajarish borasida statistikani taqdim etdi.

Unga koʻra, Eden Azar va Karim Benzema (“Real Madrid“) faoliyati davomida oʻn bir metrlik jarima zarbasi (penaltini) eng aniq bajargan futbolchilar ekan.

Xususan, Azar faoliyati davomida 56 ta penaltidan 49 tasini aniq bajargan, yetti marta xato qilgan. Uning bu boradagi aniqlik koʻrsatkichi 88 foizni tashkil etgan.

Karim Benzema 17 ta penaltidan 15 tasini golga aylantirgan. U ikki bor moʻljaldan adashgan. Unda ham aniqlik koʻrsatkichi 88 foiz.

Mashhur futbolchilardan Krishtianu Ronalduda (“Yuventus“) bu koʻrsatkich 85, Lionel Messida esa (“Barselona“) 77 foizni tashkil etgan.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 143-marta penalti tepgan va shundan 121 tasini golga aylantirgan. Lionel Messi 115 ta penalti tepib, 89 ta gol urgan.

Bu borada boshqa mashhur futbolchilarning koʻrsatkichlarini eʼtiboringizga havola etamiz:

Garri Keyn (“Tottenxem”) 44ta penaltida 37 gol, 7 ta noaniq. Aniqlik 84%

Luis Suares (“Barselona”) 49 ta penaltidan 40 ta gol, 9 ta noaniq. Aniqlik 82%

Muhammad Saloh (“Liverpul”) 16 ta penaltidan 13 gol, 3 ta noaniq. Aniqlik 81%

Neymar (PSJ) 64 ta penaltidan 51 ta gol, 13 ta noaniq. Aniqlik 80%

Serxio Aguero (“Manchester Siti”) 59 ta penaltidan 46 ta gol, 13 ta noaniq. Aniqlik 78%

Antuan Grizmann (“Barselona”) 25 ta penaltidan 17 ta gol, 8 ta noaniq. Aniqlik 68%.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?