Pedagoglarning navbatdagi (majburiy) attestatsiyasi uchun yigʻim bekor qilinadi — Prezident farmoni loyihasi

15:13 24 Oktyabr 2020 Jamiyat
429 0

Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda ishtirok etayotgan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Toshkenboyevning qayd etishicha, pedagog kadrlarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasi, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimi berish, shuningdek mazkur malaka toifalariga va lavozimlarga talabgorlarga tegishli malaka toifasi (lavozim) berish boʻyicha navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Navbatdan tashqari yaʼni oʻz ixtiyori bilan muddatidan avval attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Taʼlim inspeksiyasi rahbarining taʼkidlashicha, ushbu yangilik oʻqituvchi-murabbiylarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida kiritilmoqda. Amaldagi tartib boʻyicha har ikkala holatda ham pedagoglardan yigʻim undirilayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?