Past Dargʻomda 300 tonna sigʻimga ega muzlatkich ishga tushirildi

10:01 06 Noyabr 2019 Jamiyat
116 0

Samarqand viloyatining Past Dargʻom tumanidagi “Poʻlat baliq havzasi” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi bugun oʻzi yetishtirgan mahsulotni chetga eksport qilish uchun sigʻimi 300 tonnalik baliq saqlashga moʻljallangan muzlatkichni ishga tushirdi.

Ushbu muzlatkich faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun xoʻjalik oʻz hisobidan 150 million soʻm va bankdan olgan 56 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarni sarfladi. Muzlatkichning zamonaviy jihozlari Turkiya davlatidan keltirildi.

2014-yilda 4 gektar yerda baliq yetishtirishni boshlagan ushbu “Poʻlat baliq havzasi” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi bugun 16 gektar yerda 8 turdagi baliqlarni boqmoqda. Shuningdek, xoʻjalik tumanda baliq chavoqlarini yetishtirish boʻyicha taʼminotchi hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda 1,5 gektar yerga baliqchilik laboratoriyasi tashkil etilgan boʻlib, unda 4 turdagi baliq chovoqlari yetishtirilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?