“Pasport stol” dam olish kunlari ham ishlaydi

16:02 19 Iyul 2019 Jamiyat
297 0

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (xalq tilida pasport stol) boʻyicha tuman boʻlimlari shanba va yakshanba kunlari ham ishlashini eslatib oʻtdi.

Endilikda mazkur boʻlim uchun shanba va yakshanba kunlari ham sh kunlari hisoblanadi. Ular soat ertalabki 8:00dan kechki 20:00ga qadar ishlaydi.

Bu holat fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun vaqtni qulaylashtirish uchun qilinmoqda. IIBB 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab biometrik pasporti boʻlmagan fuqarolarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari haqiqiy emas deb topilishini eslatib oʻtgan. 2020-yilning 1-yanvariga qadar barcha Oʻzbekiston fuqarolarida biometrik pasport boʻlishi lozim.

Shuningdek, shanba yakshanba kunlari Toshkent shahrida barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga pasport va viza rejimi boʻyicha istalgan masalada murojaat qilish mumkin boʻladi. Jumladan xorijga chiqish pasportini olish, propiskaga qoʻyish, propiskadan chiqish istagida boʻlgan fuqarolar ham oʻzlarining dam olish kunlarida MvFRB ga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?