Partiya yetakchilari terrorchilar qurboniga aylandi

15:13 14 Iyul 2018 Dunyo
376 0
Foto: Pinterest

Pokistonda terrorchi-hudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 128 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Geo TV.

Fojea mamlakatning Mastung okrugida saylovoldi namoyishi o‘tkazilayotgan joyda ro‘y bergan. Qurbonlar orasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazish uchun kelgan Belujiston xalq partiyasi nomzodi Siroj Raizan ham bor. Mazkur qo‘poruvchilik harakati uchun javobgarlikni ISHID o‘zс zimmasiga olgan.

Ma’lumot uchun, Pokistonda iyul oyi oxirida parlament saylovlari tashkil etiladi. Mazkur voqea sabab ushbu okrugdagi saylovlar kechiktirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu ushbu mamlakatda oxirgi kunlarda ro‘y bergan uchinchi teraktdir. Bundan oldin Xayber-Paxtunxva muzofoti Bannu shahrida saylovchilar bilan uchrashuv paytida uyushtirilgan portlash natijasida besh kishi hayotdan ko‘z yumgan, o‘ttizdan ortig‘i yaralangan edi. 11 iyul kuni esa Peshavar shahrida siyosiy partiyalardan birining tadbiri paytida ham shu kabi qo‘poruvchilik sodir etilgandi. Oqibatda 12 kishi, jumladan, partiya yetakchisi Xarun Bilur va uning o‘g‘li ham o‘ldirilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?