Parlament nazorati: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi

21:49 20 Oktyabr 2020 Siyosat
176 0

Bugun, 20-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Germaniyaning xalqaro huquqiy hamkorlik fondi hamkorligida “Parlament nazorati: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusiga bagʻishlangan onlayn seminar oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Germaniya Bundestagi “Parlament xizmati” departamenti boshligʻi, Germaniyaning Xalqaro huquqiy hamkorlik fondi vakillari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari, Yoshlar parlamenti hamda Yosh qonunshunoslar klubi aʼzolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi dolzarb masalalar, Germaniyaning bu boradagi tajribasi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Shu bilan birga, parlament nazorati sohasida mamlakatimizda soʻnggi yillarda olib borilgan ishlar, xususan, Senatda ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlarining axborotlarini eshitish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi, qolaversa, viloyatlar hokimlarining hisobotlarini eshitish tartibi joriy etilganligi parlament nazorati sohasidagi amaliy natijalardan ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, soʻnggi yillarda joriy etilgan parlament nazoratining yangi shakl va mexanizmlariga eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?