Panjobda qoʻlbola alkogol ichgan 60 dan ortiq kishi halok boʻldi

22:10 01 Avgust 2020 Dunyo
442 0

Hindistonning Panjob shtatida qalbaki spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish natijasida 62 kishi halok boʻldi. Bu haqda shtat politsiyasi maʼlum qildi.

Hodisa qurbonlari Amritsar, Gurdaspur, Tarn-Taran shaharlari aholisi ekanligi maʼlum boʻldi.

31-iyul, juma kuni oʻtkazilgan 40 dan ortiq reydlarda politsiyachilar sakkiz nafar sotuvchini hibsga oldi va katta miqdordagi qalbaki ichimlikni tortib oldi.

Yana besh kishi soʻroqqa tutildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?