Pandemiyadan keyingi yil BMT uchun juda muhimdir – Guterrish

22:22 16 Sentyabr 2020 Dunyo
137 0

Keyingi yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining butun hayoti uchun juda muhim davr boʻladi.

Bu haqda Butunjahon tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Bosh assambleyaning 75-yubiley sessiyasining ochilish marosimida aytib oʻtdi.

“Bu yil tashkilotimiz uchun hal qiluvchi yil boʻladi. Shu bois koronavirus pandemiyasining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiriga javoban sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash, dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish hamda adolatli taqsimlashni qoʻllab-quvvatlashda davom etishimiz lozim”, deydi Bosh kotib.

Shuningdek, “Kun tartibi – 2030” va “Parij kelishuvi” (iqlim boʻyicha) asosida faol ravishda qayta qurish ishlarini olib borish zarur”, deya qoʻshimcha qilgan u.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yilligini nishonlayapmizmi, demak, bir narsa aniq – butun dunyo bizga qoidalarga asoslangan xalqaro tizim asosida koʻp qirralilik va oʻzaro aloqalarni rivojlantirishning asosiy platformasi sifatida katta umid bogʻlamoqda”, deydi BMT rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?