Paxtaobodning chekka qishlogʻida ish boshlagan korxonada 400 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi

10:13 19 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
460 0

Foto:“Xalq soʻzi online”

Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi online”/Andijon. Andijon viloyatining eng chekka tumanlarida ham ishlab chiqarish korxonalarining vujudga kelishi aholini doimiy ish joyi bilan taʼminlash orqali xalqimiz ijtimoiy hayotini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday korxonalardan biri Paxtaobod tumanining Madaniyat qishlogʻidagi “Maʼrifat“ mahallasida barpo etildi. 1 million 200 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxonada qishloqning 400 nafar xotin-qizlari faoliyat yurityapti. Eng quvonarlisi shundaki, “Tehno mebel invest” MCHJga qarashli ushbu korxona ishchilari tomonidan tayyorlangan bejirim mahsulotlar hozirdanoq Rossiya, Qozogʻiston va Ukraina davlatlariga eksport qilinmoqda.

“Reza textile” brendi bilan tayyorlanayotgan mahsulotlarimizga talab katta. Bu borada “Ipak yoʻli bank”ochiq aksiyadorlik tijorat bankining Andijon viloyat filiali tomonidan yoʻnaltirilgan 3 milliard soʻm kredit mablagʻi eʼtiborlidir“, - deydi korxona rahbari Mirzohid Siddiqov.

Foto:“Xalq soʻzi online”

Aytish joizki, shu yilning oʻzida viloyatda faoliyatini boshlagan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar soni 109 tani tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?