Paxtaobodlik paxtakorga “Spark” avtomashinasi topshirildi

17:10 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
65 0

Illyustrativ foto

Paxta mavsumi endi boshlandi. Shunday boʻlishiga qaramay, paxtaobodlik paxtakor OlmaxonHusanova “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

-Bu terimchi har yili paxta mavsumida besh nafar farzandlari bilan faol ishtirok etib, ilgʻorlikni qoʻldan bermay kelgani uchun avtomashina sovgʻa qilishga qaror qildik,-deydi “Oltin Mato Tex” MCHJ klaster korxonasi rahbari NizomiddinSiddiqov. –Mavsum oxiriga borib eng koʻp paxta topshirgan fermer xoʻjaligiga ham bitta avtomobil sovgʻa qilishni rejalashtirganmiz.

Mavsumni mana shunday koʻtarinki kayfiyatda boshlagan paxtaobodlik paxtakorlar 6481 gektar paxta maydonidan 21846 tonna hosil yigʻishni rejalashtirganlar. Bu borada 74 ta otryadga 19346 nafar mahalliy terimchilar jalb qilindi. 151 ta transport, 222 ta tirkamalar dehqonlarimiz ogʻirini yengil qilish uchun shay holatga keltirilgan.

Saminjon HUSANOV,

(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?