Paxtaobodda tomorqasida 1162 tup koʻknori parvarishlayotgan fuqaro qoʻlga olindi

17:04 17 Iyul 2019 Jamiyat
476 0

Illyustrativ foto

Xalq soʻzi online”. Saminjon Husanov/Andijon. Mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi olib borilayotgan keng qamrovli ishlar koʻlami yildan-yilga ortib bormoqda. Shunday boʻlishiga qaramay, joylarda salbiy holatlar hanuz uchrab turibdi. Jumladan, tomorqasida koʻknori yetishtirib, “zahri qotil” saqlayotganlarning haliyam mavjudligi achinarli, albatta.

Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro Nusratbek Odilov (surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli ism-shariflar oʻzgartirildi) ham hovlisidagi 300 metr kvadrat maydonga 1162 tup koʻknorini ekib, astoydil parvarishlayotganligi oydinlashdi. Bundan tashqari, xonadonidan 22 dona quritilgan koʻknori mevasi topildi.

Xoʻsh, giyohvandlikning borar manzili oʻlim bilan yakun topishi hammaga maʼlum bir zamonda fuqaro bunday qaltis ishga nega qoʻl urdi? Paxtaobod tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari bu kabi savollarga oydinlik kiritishi, tabiiy.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?