“Paxtakor” va sobiq SSSR jamoasiga qarshi maydonga tushadi

13:03 09 Avgust 2019 Jamiyat
107 0

11-avgust kuni “Paxtakor” jamoasining 17 aʼzosi halok boʻlgan dahshatli aviahalokatga 40 yil toʻladi.

1979-yil 11-avgust kuni Dneproderjinsk ustidan ikkita samolyot toʻqnashdi. Ulardan birining bortida 83 kishi, jumladan, mashhur “Paxtakor” jamoasining 17 nafar futbolchisi bor edi. Ushbu layner Toshkent-Minsk reysini amalga oshirayotgan paytda samoda Chelyabinskdan Kishinyovga qarab yoʻl olgan boshqa bir samolyot bilan toʻqnashib ketadi.

Ikkinchisining bortida 89 yoʻlovchi va olti nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan.

Halokat oqibatida 178 kishi halok boʻldi. Fojea “Paxtakor”ning eng yaxshi charm toʻp ustalarini ham hayotdan olib ketdi.

Maʼlumki, “Paxtakor” jamoasiga 1956-yil aprel oyida asos solingan. U oʻz davrining eng mashhur va sevimli, oʻn minglab ashaddiy muxlislarga ega jamoa edi.

Klub 36 mavsum (1956-1991) davomida sobiq ittifoq chempionati turli ligalarida oʻynadi va 1992-yildan buyon Oʻzbekiston oliy ligasining ajralmas ishtirokchisiga aylandi.

Har yili 11-avgust sanasida “Paxtakor” stadionida jamoaning vafot etgan aʼzolari xotirasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkaziladi.

Joriy yilga xotirlash marosimi doirasida “Paxtakor” va sobiq “SSSR” jamoalari oʻrtasida oʻyin ham tashkil etiladi. Tadbir soat 19:00da boshlansa, musiqiy dasturdan soʻng futbol bahsiga start beriladi.

Jamoa rasmiy veb-saytida oʻyin ishtirokchilari nomi eʼlon qilindi:

“Paxtakor”: Aleksey Roshin, Pavel Bugalo, Murod Aliyev, Denis Ivankov, Farhod Magometov, Gennadiy Denisov, Mirjalol Sobirov, Islom Ahmedov, Noʻmon Hasanov, Bobur Shodiyev, Sobir Xodiyev, Abdusamad Doʻrmonov, Igor Shkvirin, Jasur Abduraimov, Azamat Abduraimov, Shuhrat Maqsudov, Ilhom Sharipov, Jaʼfar Irismetov, Ravshan Bozorov, Noʻmon Nurmatov, Shota Arveladze, Gocha Tkebuchava, Mirjalol Qosimov, Oleg Sobirov, Aleksandr Xvostunov, Yorqin Nazarov, Aleksandr Tixonov, Sergey Lebedev, Marat Kabayev va Vasilis Xadzipanagis.

Jamoa boshligʻi – Toʻlagan Isoqov

Bosh murabbiy - Birodar Abduraimov

Sobiq SSSR terma jamoasi: Otar Gabeliya, Kuralbek Ordabayev, Vladimir Gulyamxaydarov, Vladimir Bessonov, Igor Belanov, Aleksey Mixaylichenko, Aleksandr Zavarov, Vagiz Xidiyatullin, Valeriy Kechinov, Valeriy Shmarov, Dmitriy Kuznetsov, Ramiz Mamedov, Ruslan Nigmatullin, Aleksandr Mirzoyan, Andrey Yemanov, Kurban Berdiyev, Vladimir Gutsayev, Aleksandr Chivadze, Andrey Kanchelskis va Aleksandr Mostovoy.

Shuningdek, tadbirda Narimon Jalolov, Vilgelm Qahhorov, Vladimir Shtern, Nikolay Lyubarsev, Vyacheslav Soloxo, Yevgeniy Valiskiy, Elmar Aminov, Razzoq Turgʻunov, Ahrol Inoyatov, Ahmad Ubaydullayev, Rustam Mirsodiqov, Toʻra Shoymardonov va Mustafa Belyalovlar faxriy mehmon sifatida ishtirok etishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?