“Paxtakor“ stadionining yangi koʻrinishi uchun 20ga yaqin kompaniya oʻz taklifini bildirgan

14:22 27 Noyabr 2019 Sport
227 0

Toshkentning “Paxtakor” klubi uy uchrashuvlari oʻtkazib kelinadigan “Paxtakor” markaziy stadioni buzilib, oʻrniga yangi stadion qurilishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda stadionning yangi koʻrinishi qanday boʻlishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketyapti.

Klub saytida eʼlon qilingan tenderdan soʻng 20ga yaqin kompaniyalar bu borada oʻz takliflarini bildirishgan. Qayd etilishicha, stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli soʻnggi qarorga kelishdan avval barchasini puxta oʻylab koʻrish talab etiladi.

Maʼqul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxtimiz markazida joylashishi va uning koʻrkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida toʻxtamga kelinadi.

Klub ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emasligini bildirgan. Loyiha masalasi aniq boʻlishi bilan bu haqida maʼlumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?