“Paxtakor” stadioni buzilib, yangisi quriladi. Oʻyinlar “Bunyodkor” oʻyingohiga koʻchirilgan

15:39 25 Noyabr 2019 Sport
1141 0

Toshkentning “Paxtakor” klubi uy uchrashuvlari oʻtkazib kelinadigan “Paxtakor” markaziy stadioni buzilib, oʻrniga yangi stadion quriladi. Bu haqda Tribuna.uz manbasi xabar bermoqda.

Stadion yopilishi munosabati bilan 27-noyabr kuni Superliganing 25-turi doirasida ushbu stadionda oʻtkazilishi belgilangan “Paxtakor” - “Bunyodkor” uchrashuvi “Bunyodkor” stadioniga koʻchirilgan.

Hozirga kelib klubning muassis va homiylari tomonidan “Paxtakor” stadionining yangi loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Tez orada yangi arena loyihasi tanlangach, “Paxtakor” oʻyingohining toʻliq buzilishi boshlanadi. Uning oʻrniga yangi stadion qurilishi 2020-yilga rejalashtirilgan. Yangi stadion qurilishi klub bosh homiysi sanalmish SFI Management Group tomonidan moliyalashtiriladi. Hozirda bir qator xorij kompaniyalari klub rahbariyatiga yangi arena loyihasi boʻyicha oʻz taklifini bergan.

“Paxtakor” klubi yangi stadion qurilib, foydalanishga topshirilishiga qadar, 2020-yilgi mavsum oʻyinlarini Toshkentdagi “Jar” stadionida oʻtkazadi.

Maʼlumot uchun, “Paxtakor” stadioni 1956-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kungacha ikki marta - 1996 va 2008-yillar qayta taʼmirlangan. Avvaliga stadion sigʻimi 55 ming tomoshabinga moʻljallangandi, 2008-yilgi rekonstruksiyadan soʻng alohida oʻrindiqlar oʻrnatilgach, stadion sigʻimi 34 mingga qisqargandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?