Paxtadan bo‘shagan yerlar birinchi navbatda kimlarga ijaraga berilishi ma’lum bo‘ldi

14:10 02 Iyun 2018 Jamiyat
349 0
Illyustrativ foto

Hukumatning 2018 yil 30 maydagi qaroriga muvofiq paxtadan bo‘shagan yerlarni qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun uzoq muddatli ijaraga olishda ba’zi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Ular:

logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash bo‘yicha quvvatlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashqi bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega shaxslar;

zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va intensiv bog‘lar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega shaxslar;

qo‘shimcha qiymatlar zanjiri bo‘yicha klaster usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablag‘larga ega shaxslar;

meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalarini o‘z zimmasiga oladigan o‘zaro bog‘liq korxonalar guruhlari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?