Paxtachida klasterchilar mineral boyitilgan un ishlab chiqarishmoqchi

17:54 14 Iyul 2020 Iqtisodiyot
802 0

“Mirzayev Shuhrat Kenjayevich” gʻallachilik klasteri bankdan 1 million 340 ming dollarlik kredit olib Turkiyaning “Emash Makina Sanay” co.LTD kompaniyasidan zamonaviy tegirmonlar keltirildi. Ushbu tegirmonlar turkiyalik mutaxassislar boshchiligida 60 kunda yigʻib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda tarozi va klasterning ofisi qurib bitkazilgan.

Shijoatli fermer va tadbirkor Shavkat Mirzayev rahbarligidagi mazkur klasterning tegirmoni ishga tushsa 53 nafar fuqaro ish bilan taʼminlanadi. Ular bir kunda 120 tonna mineral boyitilgan un ishlab chiqarishadi.

Bundan tashqari, tadbirkor qandolatchilik sexi va 1 gektar maydonda qulupnay yetishtirishga ixtisoslashtirilgan issiqxona qurish ishlarini ham boshlab yuborgan.

Ushbu issiqxona yil oxirigacha ishga tushib, yana 10 nafar yoshlar ish bilan taʼminlanadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?