Paxta terish mashinalarini sotib olish uchun kreditlar ajratiladi

11:47 16 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
111 0

“Paxta hosili terimini mexanizatsiyalashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-4828, 15.09.2020 y). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarining «Agrobank»ning ustav kapitalidagi ulushi 50 mln AQSH dollariga oshiriladi.

Ushbu mablagʻlar paxta-toʻqimachilik klasterlariga va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mahalliy paxta terish mashinalarini sotib olishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar ajratish uchun yoʻnaltiriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hududlardagi paxta terish mashinalariga talabgorlarning aniq roʻyxatini shakllantiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?