Paxta xomashyosining hisob-kitoblari haqqoniyligi nazoratga olinadi

16:57 18 May 2018 Iqtisodiyot
490 0
Foto: zamin.uz

Endi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi paxta tozalash korxonalarida ham davlat nazoratini amalga oshiradi.

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Hukumat qarori qabul qilingan.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Bosh boshqarma paxta tozalash korxonalarida ham davlat nazoratini amalga oshiradi.

Xususan, endilikda qabul qilingan paxta xomashyosi va uni qayta ishlashdan olingan tayyor mahsulotlar harakati hisobi va hisobotlari haqqoniyligi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilingan paxta xomashyosi uchun amalga oshirilgan yakuniy hisob-kitoblarning to‘g‘riligi yuzasidan ham nazorat olib boriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?