Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

11:38 10 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
636 0

2019-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi (752-son, 09.09.2019-y.). Bu haqda “Huquqiy axborot“ telegram-kanali xabar berdi.

Qaror koʻra:

  • mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 soʻm xizmat haqi;
  • qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1200 soʻmdan;
  • mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln soʻmdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln soʻmdan mehnat haqi toʻlanadi.

Shuningdek, paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga koʻra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yigʻib olish, terimchilar bilan oʻz muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?