Payariqda isteʼmolchiga 5 000 000 soʻm zarar va 50 ta ishdan chiqqan elektr hisoblash uskunasi almashtirib berildi

17:10 07 Noyabr 2019 Jamiyat
169 0

Illyustrativ foto

Bugun har bir yurtdoshimizni qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan qilayotgan murojaatlari eʼtibordan chetda qolmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Veb-sayti orqali O. Abdurasulovning yoʻllagan murojaati Samarqand viloyati Payariq tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganildi.

Maʼlum boʻlishicha Payariq tumanidagi “Chaylmoʻyin” qishlogʻida joylashgan yuqori kuchlanishli elektr tokining simi nosozligi sabab uzilib, aholi foydalanadigan elektr toki ustiga tushgani va yuqori kuchlanish natijasida shu qishloqda yashovchi Mubora Aliboyevaning xonadonida yongʻin kelib chiqqanligi hamda ellikdan ziyod aholi xonadonida elektr hisoblash uskunasi ishdan chiqqanligi aniqlandi.

Payariq tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari xodimlari tomonidan qilingan saʼy harakatlar natijasida M.Aliboyevaga yetkazilgan zarar 5 000 000 (besh million) soʻm ekanligi aniqlanib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmolchiga toʻlab berildi. Bundan tashqari har bir ishdan chiqqan elektr hisoblash uskunasi oʻz vaqtida almashtirib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?