«Oʻzdavtemiryoʻlnazorat» Davlat inspeksiyasining sobiq boshlig‘i vafot etdi

20:13 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
348 0

«Oʻzdavtemiryoʻlnazorat» Davlat inspeksiyasining sobiq boshligʻi Bahodir Yusupov 75 yoshida vafot etdi.

B. Yusupov 1945-yil 22-iyunda tavallud topgan. 1968-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini Oʻrta Osiyo temir yoʻli Toshkent teplovoz zavodining oddiy ishchisi sifatida boshlab, oʻzining tirishqoqligi, mehnatsevarligi va talabchanligi bois tizim tasarrufidagi qator korxona va tashkilotlarda turli lavozimlardan, shu jumladan, muovin va keyinchalik rahbarlik lavozimlarida halol mehnat qildi. Shuningdek, mustaqillik yillarida Oʻzbekiston temir yoʻllari boshqarmasida boshqaruv raisining oʻrinbosari, soʻng birinchi oʻrinbosari-bosh muhandis lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi.

B. Yusupov “Mustaqillik”, “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi” esdalik nishonlari, “Faxriy temiryoʻlchi” belgisi hamda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi” faxriy unvonlariga sazovor boʻlgan.

Mehnat faoliyati davomida temir yoʻl tizimini rivojlantirishda va sohani ulkan yutuqlarga erishish yoʻlida butun umrini baxshida etdi.

Oʻz kasbining fidoyisi, faxriy temiryoʻlchi, tashkilotchi rahbar Yusupov Bahodir Vahitovichning vafoti munosabati bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ marhumning oila aʼzolariga va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?