“Oʻzstandart”ning sobiq xodimi tadbirkorlarni aldagani uchun firibgarlikda ayblandi

12:46 03 Avgust 2020 Jamiyat
286 0

2019-yil 11-may kunidan 2019-yilning 18-oktyabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida “Oʻzstandart” agentligi respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining sobiq xodimi Yo.T. oʻziga oldindan tanish boʻlgan, Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi xususiy tadbirkor 32 yoshli S.R. va MCHJ menejeri 25 yoshli D.K.ni aldab, ularga oʻzini goʻyoki hali ham “Oʻzstandart” agentligida ishlayotgandek koʻrsatgan, deb yozmoqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, u chet eldan Oʻzbekiston ichki bozorida savdoga chiqarish uchun olib kelingan mahsulotlarga tegishli ruxsat beruvchi “Muvofiqlik-sertifikat”larini hamda “Sanitariya-epidemiologiya markazi”ning xulosalarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qisqa muddatlarda rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan.

U oʻzining uyida Toshiba rusumli noutbuk elektron xotirasida mavjud boʻlgan Agentlikning sertifikat namunalarini Paint dasturi yordamida oʻzgartirish yoʻli bilan qalbakilashtirib, bu soxtalashtirilgan ruxsat blankalarini D.Q. va S.R.ga jami 32.700.000 soʻm evaziga sotib, pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Yo.T., JKning 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hamda unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi boʻyicha sudga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?