Ozodbek Nazarbekov Pushkin asos solgan gazeta rahbari bilan uchrashdi

12:55 10 Avgust 2018 Madaniyat
769 0
Foto: madaniyat.uz

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Rossiya Federatsiyasining “Literaturnaya gazeta” bosh muharriri Aleksey Shavlov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, “Literaturnaya gazeta” 1830 yildan buyon 500 000 adadda chop etib kelinadi. Uning asoschisi esa rus xalqining atoqli shoiri A.S.Pushkin hisoblanadi. Uchrashuvda ikki davlatda madaniyat va san’at sohasini keng yoritish, hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va o‘zaro tajriba almashish kabi takliflar ilgari surdi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?